"Valensiya" Xuan Matani ortga qaytarmoqchi

  • 17 yanvar, 2021, 19:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Valensiya" xo‘jayini Piter Lim "Manchester Yunayted" xavbeki Xuan Matani jamoaga qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda La Razon nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Aytish lozimki, 32 yoshli ispaniyalik futbolchi 2007-2011 yillarda “ko‘rshapalaklar” sharafini himoya qilgan. Uning mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi. Bundan avvalroq Mataga Saudiya Arabistoni va “Latsio”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Xuan Mata joriy mavsum MYuda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!