Valverde "Manchester Siti" darvozasiga xet-trik qayd etganidan so‘ng nimalar dedi?
UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final doirasida "Real Madrid" o‘z uyida "Manchester Siti"ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qo‘zondi. E’tiborliisi, mazkur bahsda madridliklar futbolchisi Federico Valverde xet-trik qayd etib, o‘yin taqdirini hal qildi. Shundan so‘ng u o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu aqlbovar qilmas kecha bo‘ldi, bunday o‘yinlarni har doim orzu qilasan. Menga ishonch bag‘ishlagan jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Shuningdek, murabbiylar shtabi va qiyin mavsumga qaramay bizni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiramn.
Ha, bu aniq mening eng yaxshi o‘yinim bo‘ldi, ayniqsa gollar jihatidan. Bugun men o‘yindan katta zavq oldim, ancha vaqtdan beri bunday his qilmagandim. Men xursandman, lekin eng muhimi — jamoa g‘alaba qo‘zondi.
Men hujumga ko‘proq qo‘shilishga harakat qilaman, murabbiy ham shuni so‘raydi. Bugun to‘pni nazorat qiladigan futbolchilar ko‘p edi, shuning uchun oldinga chiqishga harakat qildim. Jamoadoshlarim juda yaxshi paslar berishdi.
Biz raqibning darvoza tepishlarida shaxsiy pressing qilishini ko‘p o‘rgandik. Hujumda tez harakat qilib, bundan foydalandik. Biz bir-birimizga aka-ukadek munosabatda bo‘lishimiz kerak. Agar bir butun bo‘lib harakat qilsak, katta natijalarga erisha olamiz.
Manchesterda o‘ynash doim qiyin. "Siti" muxlislari juda ishtiyoqli. Javob o‘yiniga hisob 0:0 bo‘lgandek tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", — dedi "Real" yarim himoyachisi.
Fikrlar