Valverde Rafinyani "Barselona"da olib qolmoqchi

Kataloniyaning “Barselona” klubi Rafinya Alkantara bilan hayrlashishni rejalashtirmayapti. Bu haqda klub vakillaridan biri aytib o‘tdi.

“Jamoamiz vakillaridan biri Ernesto Valverde yangi mavsumda Rafinyaning xizmatlaridan foydalanmoqchi. Murabbiy uchun u kerakli futbolchilardan biri hisoblanadi”, - deydi klub vakillaridan biri AS nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar braziliyalik futbolchini “Arsenal”ga berib, o‘rniga Ektor Belerinni sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Alkantarining o‘zi esa 2018 jahon chempionatidan oldin etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Rafinya joriy mavsum La Liganing 18ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!