Valverde Tchoumeni bilan janjal vaqtida boshini stolga urilib, boshini yorib oldi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelien Tchuameni 6 may, chorshanba kuni ular oʻrtasida yuz bergan mojaro uchun kechirim soʻrash maqsadida bugungi mashgʻulot paytida jamoa sardori Federico Valverdega qoʻl uzatdi. Biroq urugvaylik futbolchi qoʻl berib koʻrishishdan bosh tortdi. Shundan soʻng oʻyinchilar oʻrtasida keskinlik kuchayib, yana janjal boshlandi. Bu haqida Cadena Ser xabar berdi.
Manba maʼlumotlariga koʻra, Tchuameni va Valverde oʻrtasidagi toʻqnashuvning eng yuqori nuqtasi "Real"ning kiyinish xonasida sodir boʻlgan. Oʻyinchilar oʻrtasidagi toʻqnashuv natijasida "qaymoqlilar" sardori polga yiqilib tushdi va markaziy stolga urilib, boshini yorib oldi.
6 may, chorshanba kuni Marca nashri Tchuameni va Val verde allaqachon mushtlashuvga yaqin qolganini xabar qildi. Maʼlum qilinishicha, voqea oʻyin epizodlaridan birida yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlikdan soʻng sodir boʻlgan, natijada futbolchilar bir-birini turtkilay boshlagan.

Fikrlar