Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Valverde : «U har doim “Real”da imkoniyatdan foydalanadi»

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Federiko Valverde «el klassiko»da 5 ta xatarlı zarbani qaytargan Andrey Luninni yuqori baholadi.

«Real» tarkibida to‘p surayotgan urug‘vaylik himoyachi Federico Valverde kataloniyalik «Barselona»ga qarshi o‘tgan uchrashuvda darvozabon Andrey Luninning o‘yini haqida fikr bildirdi. Madriddliklar mehmon sifatida maydonga tushgan «el klassiko»da 2:1 hisobida g‘alaba qo‘zondi.

«Uning mehnatini to‘liq baholash uchun so‘z topish qiyin. Lunin juda ko‘p o‘yinlarda maydonga tushmaydi, chunki jamoada Kurtua bor. Lekin u doim soyadagidek tinmay mehnat qiladi, mashg‘ulotlarda o‘zini aymaydi. Andreygа imkoniyat berilganda esa u har doim undan maksimal darajada foydalanishga tayyor», – deya Valverdening so‘zlarini klub matbuot xizmati keltiradi.

Qayd etish kerakki, Lunin ushbu mavsumda «Real» safida ilk bor rasmiy o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu bahsda ukrainalik darvozabon beshta xatarlı zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q