Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Van Der Sar ayni vaqtdagi eng yaxshi darvozabonlarni aytdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Shu bilan birga mamlakat tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan darvozabonlardan biri hisoblanadi

"Manchester Yunayted"ning afsonaviy  darvozaboni Edvin van der Sar ayni damda dunyoning eng yaxshi darvozabonlari kimlar ekanini aytib o‘tdi.

"Menga so‘nggi jarohatlariga qaramay, Manuel Noyer hamon yoqadi. Yana ikki nafari - Tibo Kurtua va Janluiji Donnarumma," - deya niderlandiyalik posbonning  so‘zlarini keltiradi "Daily Mail" nashri. Noyer hozirda Myunxenning "Bavariya"da, Donnarumma "Manchester Siti"da, Kurtua esa "Real" sharafini himoya qilmoqda. Van de Sar "Manchester Yunayted"dan tashqari, Amsterdamning "Ayaks," Turinning "Yuventus" va Londonning "Fulxem" klublaridagi o‘yinlari bilan tanilgan.

U Niderlandiya terma jamoasi safida 130 ta o‘yin o‘tkazib, 87 ta gol o‘tkazgan. Shu bilan birga mamlakat tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan darvozabonlardan biri hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q