Van der Sar "Manchester Yunayted" transfer siyosati haqida fikr bildirdi

  • 31.05.2026 15:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni Edvin van der Sar klubning 2025 yil yozgi transfer kampaniyasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Uning aytishicha, "qizil iblislar" hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Mbyomo, Kunya va Sheshko kabi futbolchilarni safga qo‘shib, tarkibdagi barqarorlik va yetuklikni oshirishga erishgan.

"Gol urish masalasiga kelsak, Mbyomo, Kunya va Sheshko bilan shartnoma imzolash orqali “Manchester Yunayted”da biroz ko‘proq qat’iyat, barqarorlik paydo bo‘ldi. Ilgari ular ko‘proq yosh futbolchilarga tayanishardi.

Menimcha, bu yozda ham ular shu yo‘lni davom ettiradi, APLdagi mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqadi va tarkibdagi bo‘sh joylarni to‘ldirishga harakat qiladi.

Shu orqali “Manchester Yunayted” har yili o‘z darajasini oshirib borishni maqsad qilgan", — dedi Van der Sar talkSPORT’ga bergan intervyusida.

"Manchester Yunayted" 2025/26 mavsumni Angliya Premier-ligasida 71 ochko bilan 3-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!