Vardi yana Angliya terma jamoasiga qaytishi mumkin

  • 11.03.2020 10:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Lester" forvardi Jeymi Vardi yana Angliya terma jamoasiga qaytishi mumkin.

Eslatib o‘tish lozimki, 33 yoshli futbolchi 2018 yilning avgustida terma jamoadagi faoliyatini to‘xtatgan edi. Biroq, u bosh murabbiy Garet Sautgeyt bilan gaplashgan va kelishib olgan.

“Biz Garet bilan gaplashdik. U terma jamoa eshiklari hamisha ochiqligini aytdi”, - deydi Vardi.

Eslatib o‘tamiz, Vardi Angliya terma jamoasida 26 ta o‘yinda maydonga tushgan va 7 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!