
Vashington shahri meri 2025 yil 11 aprelni Aleksandr Ovechkin kuni deb e’lon qilgan!
Vashington meri Myuriel Bauzer 2025 yil 11 aprelni AQSh poytaxtida rossiyalik xokkeychi Aleksandr Ovechkin kuni deb e’lon qildi. Avvalroq "Vashington Kepitalz" forvardi faoliyatidagi 895-golini urdi va NHL muntazam chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangandi.
"Men, Vashington meri, shu bilan 2025 yilning 11 aprelini "Aleks Ovechkin kuni" deb e’lon qilaman.” Biz vashingtonliklar, xokkey muxlislari, "Buyuk Sakkizlik" muxlislari sifatida Ovini ushbu ajoyib yutug‘i bilan tabriklash va unga Vashingtonda o‘ynagani uchun minnatdorchilik bildirish uchun birlashamiz”, - deya jamoaning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan.
11 aprel sanasi tanlandi, chunki o‘sha kuni rossiyalik forvard va "Vashington Kepitalz" sardori Aleksandr Ovechkin Milliy xokkey ligasining muntazam chempionatlarida gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatganidan keyin sharaflangan.
Eslatib o‘tamiz, Ovechkin 6 aprel kuni "Nyu-York Ayleners"ga qarshi o‘yinda (1:4) o‘zining 895-golini urib, NHLning oddiy mavsumlarida gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatgan edi. Bu bilan u kanadalik Ueyn Gretskiyning (894) 26 yil davomida erishgan yutug‘ini ortda qoldirdi. Yangi rekord o‘rnatish uchun Ovechkinga 1487 o‘yin kerak bo‘ldi.
Fikrlar