Vasila Aliboeva: Paralimpiya o‘yinlarining qoldirilgani fojia emas

  • 04.04.2020 20:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm

Paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati Paradzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vasila Aliboeva bilan bu borada qisqacha suhbatlashdi.

-Paralimpiya o‘yinlarining qoldirilishiga munosabatingiz?

-Avvalambor inson salomatligi hamma narsadan ustun ekanligini aytmoqchiman. Bunday og‘ir epidemiologik vaziyatda bu kabi yirik musobani o‘tkizish birinchi navbatda sportchilarning sog‘ligini xavf ostiga qo‘yish deganidir. Vaziyatni to‘g‘ri qabul qilgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tavakkal qilmadi va o‘yinlarni kelgusi yilga qoldirdi. Biz sportchilar uchun bu fojia emas va biz bundan aslo tushkunlikka tushmayapmiz. Aksincha, bu bizga har to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun berilgan qo‘shimcha imkoniyat deb hisoblaymiz. Biz bu bir yil davomida o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlab, bildirilayotgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz.

-Karantin paytida qanday shug‘ullanyapsiz?

-Hozir hamma sportchilar qatori men ham o‘z uyimda, oilam davrasidaman. Karantin bo‘lgani bois mashg‘ulotlarni uyda davom ettiryapman. Bu borada murabbiylarimning ko‘rsatmalariga alohida e’tibor qarataman. Albatta, uy sharoitidagi mashg‘ulotlar bilan xalqaro musobaqalarda kerakli natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu bois, yurtimizdagi vaziyat tezroq yaxshilanishini va biz sportchilar yana o‘zimizning qadrdon sport arenalarimizga qaytishimizga umid qilaman.

So‘zim oxirida shuni aytmoqchimanki, butun xalqimizdan birdamlikni, xotirjamlikni saqlagan holda uyda qolishlarini va kasallikni engishda o‘z hissalarini qo‘shishlarini so‘rab qolaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!