
Venger "Bavariya"ning rejalariga kirmaydi
"Bavariya" klubi rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga 70 yoshli Arsen Vengerni taklif qilmoqchi emasligi haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Sport Bild nashri xabar tarqatmoqda.
“Venger kecha Karlu-Xayntsu Rummeniggega qo‘ng‘iroq qildi va “Bavariya”da ishlash istagi borligini aytdi.
“Bavariya” Vengerning “Arsenal”dagi murabbiylik faoliyatini yuqori qadrlaydi, ammo u nomzodlar orasiga kirmaydi”, - deya xabar berdi manbaa.
Ma’lumotlarga qaraganda rahbariyat mavsum oxirigacha Xans-Diter Flikni bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida olib qolmoqchi va yozda Tomas Tuxel (PSJ) yoki Erik ten Xagdan (“Ayaks”) birini taklif qilmoqchi.
Fikrlar