Verner faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin
"Chelsi" hujumchisi Timo Verner Germaniyaga qaytishi mumkin. Sky Sport Deutschland xabariga ko‘ra, futbolchiga Dortmundning "Borussiya" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq hozircha tomonlar o‘rtasida hech qanday muzokaralar o‘tkazilmagan.
Qayd etilishicha, transferdagi muammo Vernerning yuqori maoshi bo‘lishi mumkin. Germaniyalik futbolchi yiliga taxminan 16 million evro maosh olmoqchi.
O‘z navbatida «Chelsi» ham Vernerni qo‘yib yubormoqchi emas. Ammo nemis klubi tomonidan munosib taklif tushsa, muzokaralarga tayyor.
Timo Verner joriy mavsum "aristokratlar" safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi.
Fikrlar