
"Verona" Shomurodov jamoadoshini qo‘lga kiritmoqchi
"Jenoa" yarim himoyachisi Stefano Sturaro qishki transfer oynasi vaqtida "Verona"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Qayd etilishicha, veronaliklar bosh murabbiyi Ivan Yurich italiyalik futbolchi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. 27 yoshli futbolchining o‘zi ham sobiq ustozi bilan qayta ishlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik mutaxassis 2016/18 yillar mobaynida "Jenoa"ni boshqargan va 2018 yilda Sturaroni genuyaliklar tarkibiga qaytishida muhim rol o‘ynagan.
Joriy mavsumda italiyalik futbolchi "Jenoa" safida barcha turnirlarda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol kiritdi.
Fikrlar