"Vest Xem" "Chelsi" himoyachsini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

  • 22 oktabr, 2023, 21:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar oynasida "Vest Xem"ni tark etishi kutilayotgan Kurt Zuma o‘rniga "bolg‘achilar" yangi himoyachi sotib olishni reja qilgan. Variantlar orasida "Chelsi" a’zosi Trevo Chaloba ham bor deya, xabar bermoqda "Sun Sport" nashri. 

Avvalroq, Fabritsio Romano angliyalik himoyachi "aristokratlar"ni tark etishni istayotgani borasida ma’lum qilgandi. Unga "Bavariya" va "Inter" kabi jamoalardan takliflar bor. 

Chaloba yozgi transferlar oynasida boshqa klubga o‘tishi mumkin edi. Ammo u qolishga qaror qildi. Trevoni transferlar oynasining so‘nggi kunida "Tottenxem" ijaraga olmoqchi edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!