Viktor Kumikov "Qaysar"ni tark etdi

  • 23.11.2025 12:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Uch yil davomida Qozog‘istonning “Qaysar” klubiga bosh murabbiylik qilib kelgan rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov rasman jamoa bilan xayrlashdi.

Yodingizda bo‘lsa, u “Qaysar” klubi boshqaruvini qabul qilishdan avval “Andijon”ga ustozlik qilgan. 2023 yilning 1 yanvaridan rasman “Qaysar” bosh murabbiyi sifatida ishga kirishgan. Klub Kumikov bosh murabbiyligida uch yil davomida chempionatni 6, 8 va 11-o‘rinlarda yakunladi.

Joriy mavsum yakunida esa o‘rtadagi tuzilgan shartnoma yakuniga etdi.

Hozirda mutaxassisga yangi mavsum uchun takliflar bor.

Bilasiz, Viktor Balyutovich, yurtimizda "Andijon"dan tashqari "Mash’al", "Nasaf" va OKMK klublarini ham boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!