
Villian "Chelsi"da qolmoqchi. Ammo...
“Chelsi” klubi vingeri Villian “aristokratlar” safida qolishga qaror qildi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 31 yoshli braziliyalik futbolchi va uning oilasiga Londondagi hayot yoqmoqda. “Chelsi” Villianga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda, ammo u londonliklar bilan 3 yilga shartnomani uzaytirishni xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. U joriy mavsum APLda 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar