Villian "Fulxem"ni tark etadi

  • 30 iyun, 2023, 21:08
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Fulxem" bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga etgan Villian yangi bitim imzolamaydigan bo‘ldi. Futbolchi muzokaralar jarayonidan ko‘proq maosh so‘ragani ma’lum bo‘lmoqda. 

Braziliyalik vingerning keyingi manzili hozircha aniq emas. U o‘z mamlakatiga qaytib ketish ehtimoli ham mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili yozda Villian "Fulxem"ga erkin agent sifatida kelgan. 34 yoshli futbolchi klub safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!