 
                "Vilyarreal" Bakkani "Milan"ga qaytarib yuborishga qaror qildi
Ispaniyaning “Vilyarreal” yozda “Milan”dan ijaraga olgan hujumchi Karlos Bakkaning transferini to‘liq sotib olmaslikka qaror qildi.
Ta’kidlash lozimki, 31 yoshli kolumbiyalik futbolchi joriy mavsum 35ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 12ta gol urishga erishgan va u ispan diyorida qolishni juda ham istamoqda.
Marca nashrining yozishicha “sariq suv osti kemasi” 15 mln evro evaziga Bakkani sotib olmoqchi emas. Biroq, yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, futbolchining hoxishi “Milan”ga kuchli bosim o‘tkazishi mumkin. Natijada esa Bakkaning transfer narxi biroz pastlashi kutilmoqda.



Fikrlar