Vinisius albatta bizga keladi!

  • 12.01.2026 19:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubida 2019 yildan beri o‘ynab kelayotgan braziliyalik Vinisius Zhunior Saudiya Arabistoni chempionati vakillari uchun ancha vaqtdan beri transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. 

Braziliyalik futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda tugaydi. Tomonlar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha bir necha muzokara o‘tkazgan bo‘lsa-da, hali yakuniy to‘xtamga kela olmagan. 

Shu bois, “Qirollik klubi” 2026 yilning yozida qimmatbaho aktivni mo‘may daromad evaziga sotib yuborishi mumkinligi aytiloqda. Saudiya Arabistoni klublari esa, Vinisius uchun hech qanday xarajatdan qochmaydi. 

- Ha, men Vinisiusning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishini tasavvur qilyapman. Yaqin kelajakda bu yerda eng yuqori darajadagi, avj cho‘qqisidagi futbolchilar to‘p surishining ehtimoli juda katta, - dedi ilgari “Barselona”da ishlagan va ayni paytda “Al-Ittihod” sport direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan ispaniyalik mutaxassis Ramon Planes. 

Transfermarkt portaliga ko‘ra, Vinisius Zhuniorning transfer bahosi 150 million evroni tashkil etadi.

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!