
Vinisius Juniordan quruq qolgan saudiyaliklar “Real”ning boshqa o‘yinchisini olib ketmoqchi
Saudiya Arabistoni investitsiya fondi Evropaning mashhur o‘yinchilarini mamlakat Professional ligasiga jalb qilishda pulni ayamayapti.
Yaqinda shayxlar “Real”ga Vinisius Junior uchun bir milliard evro to‘lashga tayyor ekanini, hujumchining o‘ziga yiliga 350 million evro maosh berishga va’da qilgandi. Bu chorlovni klub ham, futbolchi ham taklif qilmadi.
Endi Sauliya Arabistonining nomi sir tutilayotgan klubi “Real” himoyachisi Eder Militaoga og‘iz solayotgani aytilmoqda.
Saudiyaliklar avval 26 yoshli futbolchining agentlari bilan kelishuvga erishganidan keyin klubga transfer bo‘yicha murojaat qilgan.
Bu haqda xabar bergan Globo Esporte nashrining yozishicha, Militao transferi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Biroq tomonlarning kelishishi qiyin kechmoqda.
Fikrlar