
Vinisius “Real”dan ketish masalasiga oydinlik kiritdi
“Real” yulduzi Vinius Juniorning yozgi transferlar vaqtida Madriddan ketishi mumkinligi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan hisoblanadi.
Saudiya Arabistoni klublari braziliyalik futbolchini o‘z chempionatiga chorlamoqda va bu transfer uchun pul ayamasligini bildiryapti.
Vinisiusning o‘zi kelajagiga oydinlik kiritdi.
- Men juda xotirjamman, chunki “Real” bilan 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnomam bor. Hamkorlikni uzaytirilishini sabrsizlik bilan kutyapman.
“Real” – men uchun eng yaxshi joy. Bu erda eng zo‘r futbolchilar bilan birga o‘ynayapman. Juda baxtiyorman, - dedi Vinisius Junior.
24 yoshli hujumkor futbolchi “Real”da 2018 yildan beri to‘p tepmoqda. Hozirga qadar barcha turnirlarda 300 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 102 ta gol va 76 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar