
Vinisius "Sokrat" mukofotini qo‘lga kiritdi
"Real Madrid" vingeri insonparvarlik ishlari uchun "Sokrat" mukofotini oldi.
Marosimda Vinisius 2022 yil 29 dekabrda vafot etgan Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pelega hurmat bajo keltirishi kutilmoqda.
"Real Madrid" futbolchisi kambag‘al talabalar uchun ta’lim dasturi Vinisius Junior institutining asoschisi hisoblanadi. 2022 yilda Vinisiusning sarmoyasi 335 ming evroni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda u 1 million evrodan oshdi, 2024-yilda esa 2,5 millionga etishi kutilyapti.
2022 yilda "Sokrat" mukofoti Sadio Manega berilgandi.
Fikrlar