Vinisius to‘rtta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Vinisius 18 oktyabr kuni «Sevilya», 25 oktyabrda «Barselona», 1 noyabrda «Rasing» va 7 noyabrda «Valensiya»ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Zhunior Ispaniya chempionatining navbatdagi to‘rtta uchrashuvida ishtirok etmaydi. U 8-tur doirasida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgani uchun diskvalifikatsiya qilindi.
O‘sha uchrashuvda braziliyalik futbolchi raqib himoyachisi Natan-Dilan Salibaning sochidan tortgan. Natijada Vinisius qizil kartochka olgan va «Real»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bahsni ertaroq tark etgan.
Shu tariqa, Vinisius 18 oktyabr kuni «Sevilya», 25 oktyabrda «Barselona», 1 noyabrda «Rasing» va 7 noyabrda «Valensiya»ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Xalqaro tanaffusdan keyin braziliyalik futbolchi «Real» safida 22 noyabr kuni «Selta»ga qarshi bahsda maydonga qaytishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Vinisius joriy mavsumda «Real» safida 9 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Izohlar (0)