Vinisiusning transfer qiymati 70 million yevroga arzonlashdi
Muhammadqodir Ruzmatov
«Real» hujumchisi Vinisius Juniornig Transfermarktdagi bozor qiymati 130 million yevrogacha tushirildi.
Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasidagi ayrim futbolchilarning transfer qiymatlarini yangiladi. Avval xabar berganimizdek, «Real»ning yulduz hujumchisi Vinisius Zhunior eng ko‘p arzonlagan futbolchilar ro‘yxatidan joy oldi — uning transfer qiymati 140 million evrodan 130 million evrogacha pasaytirildi.
Shundan xulosa qilish mumkinki, Vinisiusning transfer qiymati pasayishda davom etmoqda. Braziliyalik futbolchining eng yuqori transfer qiymati 2024–2025 yillarda 200 million evroni tashkil etgan.
Vinisiusning transfer qiymati bosqichma-bosqich pasaygan: avval 170 million, keyin 150 million, 140 million va endi 130 million evroga tushdi.

Izohlar (0)