Vitinya: "Uchta futbolchi himoyada ishlamasa, jamoa qiynaladi"

  • 08.03.2026 22:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

PSJ yarim himoyachisi Vitin'ya jamoada bir vaqtlаr o‘ynagan Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe davridagi kamchiliklar haqida fikr bildirdi.

"Siz bir, ikki yoki uchta futbolchi yugurmaydigan holatga yo‘l qo‘ya olmaysiz. Ular tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan, ammo bu har doim ham jamoa manfaatiga to‘g‘ri kelavermaydi.

Hozirgi PSJ bilan farq ham shunda. Hujumchilar himoyachilarga qarshi xuddi jinnidek pressing qiladi. Usmon Dembele yoki Gonsalu Ramush raqib jarima maydoni kirishidayoq bosimni boshlaydi va yuqori pressingni birinchi bo‘lib amalga oshiradi", — dedi Vitin'ya "Canal 11" telekanali efirida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!