Vlado Radmanovich: Ertangi bahsga yuz foiz tayyormiz

  • 13 noyabr, 2024, 19:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 uchinchi saralash bosqichi doirasida navbatdagi tur uchrashuvini mehmonda Qatarga qarshi o‘tkazadi. Bugun ushbu muhim o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida qatnashgan terma jamoamiz yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich  quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

- Birinchi navbatda aytib o‘tishim kerakki, Srechko Katanesning sog‘lig‘i bilan bog‘liq kichik muammo bo‘lganligi uchun shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra matbuot anjumanida ishtirok eta olmaydi. Shu bois barcha savollarga men javob berib o‘taman. Bu bosqichda har bir uchrashuv juda qiyin bo‘ladi. Ertaga bizni muhim o‘yin kutib turibdi. Har ikki jamoa uchun juda katta ahamiyatga ega uchrashuvga tayyormiz.

Qatarning ushbu saralash bosqichidagi barcha o‘yinini ko‘rib chiqdik. Jamoa haqida etarli ma’lumotga egamiz. Umuman olganda Qatar yaxshi terma jamoa. Ammo ertangi bahsga yuz foiz tayyormiz. Yil boshida ushbu jamoaga qarshi Osiyo kubogida ham to‘qnash kelgan edik.

Biz uch yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan birgamiz. Mamlakat chempionatidagi futbolchilar va legionerlarni kuzatgan holda bugungi tarkibni shakllantirganmiz. Biz raqiblarga qarshi qanday holatda ekanimizni yaxshi bilamiz

Juda qiyin guruhdan o‘rin olganmiz. Har bir o‘yin biz uchun jiddiy ahamiyat kasb etadi. Eron, Qatar, BAA va KXDR kabi terma jamoalarning barchasi kuchli va Jahon chempionatida ishtirok etgan. Har bir kichik omil uchrashuv natijasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.
 

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 uchinchi saralash bosqich 5-turidan o‘rin olgan Qatar - O‘zbekiston uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da start oladi. Hozirda Srechko Katanets qo‘l ostidagi terma jamoamiz 10 ochko jamg‘argan holda Eron bilan "A" guruhida 1- va 2-o‘rinlarni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
13/11/2024 20:13
Сердечко Ку́танес Яна йукми ку́тани чикканми