Asosiy mazmunga oʻtish

Boshqalar

Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Musobaqa Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Poytaxtimiz Toshkent shahri voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Musobaqada guruh bosqichi bahslari yakunlandi. «A» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi turda Qozog‘istonga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda yigitlarimiz 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, birinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l olishdi. Endi hamyurtlarimiz yaponiyalik voleybolchilarga qarshi maydonga chiqishadi. Ushbu uchrashuv 26 iyul kuni soat 17:30 da «Yunusobod sport majmuasi»da boshlanadi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q