
Volkanovskidan Chimaev - Usman jangiga super taxmin!
Yarim engil vazn toifasi chempioni Aleksandr Volkanovski Chimaev - Usman jangiga taxminlarini bildirdi.
"Usman va Chimaev UFC 294 doirasida jang qiladi, ishonavering, bizni aql bovar qilmaydigan to‘qnashuv kutib turibdi. Ochig‘i mana shunday turnirda men ham jang qilishimga ishongim kelmaydi.
Mazkur to‘qnashuv g‘olibi keyingi jangida chempionlik uchun oktagonga chiqadi. Chimaev - Striklend shafqatsiz kurash taqdim etadi, ammo Usman ham chempionlik jangiga loyiq. Chunki, u avval Striklendni yarim o‘rta vaznda mag‘lub etgan.
Hamzat kurashda uncha kuchli, lekin bilamizki, Usman ham parterda ancha mukammal. Vaqtida Kovington ham uni yiqita olmadi. Kamaru o‘zi ham teyk daunlarni ko‘p amalga oshiradi. Shuni inobatga olib, Chimaev - Usman jangini "stoyka"da o‘tishini taxmin qilish mumkin.
Hamzat Usmandan ko‘ra ancha tezkor,kim g‘alaba qozonishini aniq aytolmayman. Ammo Kamaru charchab qolsa, nokautga uchrashi tayin", - dedi Volkanovski.
Eslatib o‘tamiz, Chimaev - Usman to‘qnashuvi 21 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 294 turniri "co main event"ida o‘tkaziladi.
Fikrlar