Volkanovskining rejalari juda dahshatli!!!
Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleksandr Volkanovski o‘zining kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
"Men Charlz Oliveyra bilan jang qilmoqchiman. Shundan so‘ng Dastin Porega qarshi kurashishni xohlayman. Lekin ayni vaqtda xuddi shunday boshqa variantlar ham bor. Yarim o‘rta vazn toifasida kamar haqida esa hozircha o‘ylaganim yo‘q. Menimcha, Iliya Topuriya bilan revansh ham qiziqarli bo‘lardi", - deya Volkanovskining so‘zlarini keltiradi MMA Junkie.
Eslatib o‘tamiz, u so‘ngi jangida "UFC 298" turnirida Iliya Topuriyaga imkoniyatni boy berib, chempionlik kamaridan ayrilgandi.
Fikrlar