
"Vulverxempton" Traorega o‘rinbosar topdi
Angliyaning "Vulverxempton" klubi "Sevilya" futbolchisi Lukas Okamposga qiziqish bildirmoqda. Shaxsan bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santuning o‘zi uni jamoasida ko‘rmoqchi.
O‘z navbatida, "bo‘rilar" yulduzi Adama Traorega ham bir qator grand klublar qiziqish bildirmoqda. Agar Traore inglizlar safini tark etsa, Okampos transferining amalga oshish ehtimoli keskin ortadi.
Argentinalik xavbekning andalusiyaliklar bilan shartnomasi 2024 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar