VXL. "Humo"ni kuchli raqib kutib turibdi
Shahzod
Bugun Oliy Xokkey ligasi (VXL) muntazam chempionatida navbatdagi bahslar bo‘lib o‘tadi.
Toshkentning "Humo" jamoasi navbatdagi safardagi o‘yinlar seriyasini boshlaydi. "Qanotlilar" bugun Moskvaning "Zvezda" jamoasi mehmoni bo‘lishadi.
Bo‘lajak bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, moskvaliklar turnir jadvalida 29 ochko bilan 6-o‘rinni (konferentsiyada 4) egallab turishibdi.
19 ochkosi bor "Humo" esa 19-pog‘onadan (konferentsiyada 7) joy olgan.

Izohlar (0)