"WR Chess Masters": Bugun musobaqaning so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Nodirbek nechanchi o‘rinda bormoqda?
Germaniyaning Dyuseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "WR Chess Masters" turnirining so‘nggi 9-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.
24 fevral kuni bo‘lib o‘tgan 8-turda Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Anish Giriga qarshi qora donalarda durang o‘ynadi.
Bugun o‘tkazilagan va musobaqani yakunlab beradigan 9-turda hamyurtimiz oq donalarda AQSh vakili Uesli Soga qarshi dona suradi.
Hozirda turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan.



Fikrlar