Xabi Alonso: " Rodrigo hozir yaxshi sport formada"

  • 19.12.2025 21:47
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso Rodrigo haqida fikr bildirdi.

"Rodrigo biz uchun foydali futbolchi, u jamoaga ko‘p yordam beradi. U maydonda to‘p bilan va to‘psiz muvozanatni ta’minlaydi. Rodri yuqori texnikaga ega va chiziqlar orasida tor joylarda yaxshi harakat qiladi. Biz undan o‘zi o‘ynay oladigan pozitsiyalarda barqarorlik xohlaymiz. 

Men u uchun xursandman. Rodrigo hozir yaxshi sport formada", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" La Liganing bu turida "Sevilya"ga qarshi maydonga chiqadi. Bu jamoalar o‘rtasidagi baxs 21 dekbar kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!