Xabi Alonso “Real”ga uchta superhimoyachi tanlab berdi

  • 14 may, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni qabul qilib olishi kutilayotgan Xabi Alonso hozirdan bo‘lajak jamoasi uchun tarkib shakllantirishga harakat qilmoqda.

Tecno

Evropa matbuotining yozishicha, “Qirollik klubi” joriy mavsum murabbiylar shtabini qiynab kelgan muammo – himoya chizig‘iga yangi o‘yinchi olishga qaror qilgan.

Taniqli insayder Fabritsio Romano Xabi Alonso himoya markazi uchun uch nafar futbolchini nishonga olgani haqida xabar chiqardi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassisga “Bornmut” vakili Din Xyoysen, “Arsenal” etakchisi Vilyam Saliba hamda “Liverpul” bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan Ibrohim Konate nomzodi ma’qul kelgan.

Ta’kidlash joizki, bu uch futbolchining transferi ancha qimmat turadi. Bundan tashqari madridliklar bu transferlar uchun Evropaning “Liverpul”, “Chelsi”, “Manchester Siti” kabi qudratli klublari bilan raqobatlashishi lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!