Xalqaro kurash assotsiyatsiyasi prezidenti ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

Avval xabar berganimizdek, Termiz shahrida kurash bo‘yicha Prezident sovrini uchun turnir bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ushbu nufuzli musobaqa oldidan bir qator rasmiylar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Xalqaro kurash assotsiyatsiyasi raisi Haydar Farmon, O‘zbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Xalqaro kurash federatsiyasi vitse-prezidenti Sherzodxon Qudratxo‘ja jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.

kurash

O‘zbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov:

“Xalqimiz madaniyatidan kelib chiqsak, kurash 3000 yillik tarixga ega, deyishimiz mumkin. Ota-bobolarimiz ushbu sport rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Bizning milliy sportimiz bo‘lgan kurash bugun xalqaro darajaga chiqib ulgurdi. Biz bu bilan to‘xtab qolmay harakat qilishni to‘xtatmasligimiz kerak. Xaydar Farmon juda band inson ekanligiga qarmamay, yurtimizga etib keldi. Buning uchun janob Rarsonga katta rahmat aytaman.

Vazir sifatida o‘z ishimda kurash va shahmatga katta extibor berishni niyat qilganman. Sababi, shahmat insonni aqliy tomondan etuklikka olib chiqsa, kurash jismoniy tomondan juda foydali. Hozir yoshlarning sog‘ligi katta e’tibor talab qilmoqda. Shu sababli, ayniqsa pandemiya sharoitida bu muammoga jiddiy qarashimiz lozim. Shuning uchun, biz ularni sog‘ligini kurash orqali saqlashga harakat qilishimiz kerak”.

Aziz abduhakimov

Xalqaro kurash assotsiyatsiyasi prezidenti Xaydar Farmon:

“Termizda ekanigimidan juda xursandman va bu menda faxr tuyg‘ularini uyg‘otmoqda. Albatta, bu turnirni o‘tkazish uchun katta kuch va sarmoya ketdi. Shuning uchun, musobaqa tashkilotchilariga o‘zimning samimiy rahmatimni aytaman.  Biz O‘zbekiston hukumati va MOQ bilan gaplashganimizdan keyin texnik delegatlarni bu erga jo‘natish uchun qo‘limizdan kelgan barchasini qildik. Bilasiz, bugun dunyo bo‘yicha 130 ta davlatda kurash federatsiyasi bor va ular ushbu sport turi rivojiga xissa qo‘shmoqda.

Prezidentingiz kurash rivoji yo‘lida katta ishlar olib bormoqda. Bizning assotsiyatsiyamiz siz bilan hamkorlikda ishlashdan xursand. Xalqaro kurash assotsiyatsiyasi yangi struktura yaratmoqchimiz. Uning maqsadi chiqarilayotgan har bir qaror ijrosini 100 foiz ta’minlash. Bundan tashqari, kurashni qit’alar miqyosidagi har hil o‘yinlarga kiritishdir. Bunda siz jurnalistlarning yordamingiz juda muhim. Ammo bizning hamma ishimiz OAVda etarlicha yoritilmasa, hech narsaga erishmaymiz”.

kurash2

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov:

“Avvalambor, siz azizlarni Surxon vohasida ko‘rib turganimizdan juda xursandmiz. Kurash deganda ko‘pchilik O‘zbekiston xususan, Surxondaryoni tushunadi. Hozirda kurash ancha ommalashib ulgurdi. Kurash assostsiyatsiyalari dunyoning 130 davlatida bor. Bu raqam bizning milliy sport turimiz qay darajaga chiqqanligiga isbot bo‘la oladi. Ayniqsa, Xalqaro kurash assotsiyatsiyasi prezidentining yurtimizga kelishi ham turnirning ancha ommaviy ekanligidan dalolatdir.

Yoshlaning kurashga bo‘lgan qiziqishi yuqori darajada. Tez kunlarda viloyatimizda 75 ta kurash maktablarini ochishni niyat qilganmiz. Har bir tumanda 5 tadan shunday maktab ochamiz. Kurash deganda Aplomish siymosi insonlar hayolida gavdalanadi. Ishonamanki, bizda Aplomishdek apl o‘g‘lonlar etarlicha topiladi.

To‘g‘risi, mening o‘zim ham kuniga 1 soatdan kurash tomosha qilaman. Kechqurun soat birdan keyin, internetdan topib bo‘lsa ham kurash ko‘rishga odatlanganman. Ushbu sport turining nufuzini yanada oshirish yo‘lida qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”.

tora bobolov

-Bu musobaqa Xalqaro kurash assotsiyatsiyasi uchun qay darajada muhim? Va shaxsan sizning e’tiboringizni nimasi bilan o‘ziga tortmoqda?

"Bilasiz, o‘tgan yili pandemiya tufayli ko‘p turnirlar qoldirildi. Hattoki, Olipmiada ham 1 yilga kechiktirildi. Hozirgi kunda sport rahbarlarining vazifasi odamlarning ishonchini qaytarish. Balki butun dunyodan sportchilar kelmagandir, ammo qatnashchilar geografiyasi ham anchagina katta. O‘ylaymanki, bu turnirni eng na’munali tashkil etib, qolganlarga o‘rnak bo‘la olamiz".

-Bu yilgi turnir o‘n beshinchisi hisoblanadi. Mazkur musobaqaning avvalgilaridan qanday farqlari bor?

"Bu turnir an’anaviy tarzda anchadan beri o‘tkaziladi. Bu safargi musobaqaning 1-farqi shundaki, ilk bor bunday matbuot anjumani tashkil etilmoqda. Va sizlar orqali XKAning ish tartibini tanishtirmoqchimiz. Pandemiyaga qaramay, ko‘plab davlatlardan sportchilar taklif etganmiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!