Xames "Real"ga ham, Zidanga ham kerak emas
"Real" Madrid klubi rahbariyati kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodrigesdan tezroq qutulmoqchi.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 28 yoshli futbolchi “qirollik klubi” ustozi Zinedin Zidanning rejalariga kirmaydi. Shu bios uni yozgi transferlar davrida sotib yuborishmoqchi. Unga esa bir qator APL klublaridan qiziqishlar mavjud.
Xames Rodriges joriy mavsum “Real” safida jami 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar