Xamesning jarohati kutilganidek jiddiy bo‘lib chiqmadi
“Real” Madrid yarim himoyachisi Xames Rodriges kutilganidan tezroq safga qaytishi mumkin.
Ta’kidlashk kerakki, bundan avvalroq 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi kamida 2-3 hafta davolanishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra u 8 kunda to‘liq sog‘ayib ulguradi.
Jarohati sabab Rodriges Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrushdan uni Braziliya (7 sentyabr) va Venesuelaga (11 sentyabr) qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun chaqirmaslikni so‘ragan.
Fikrlar