Xanchjou-2022. O‘zbekistonlik tennischidan irodali g‘alaba
Hamyurtimiz mag‘lubiyat bilan boshlab, g‘alaba bilan yakunladi
Xitoydagi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Tennis bo‘yicha bahslarda o‘zbekistonlik Humoyun Sultonov Xitoy Taypeyi vakili Sen Chun Xsinga qarshi kortga chiqdi. Murosasiz kechgan o‘yinning birinchi setida hamyurtimiz 4-6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ikkinchi setda Humoyun 7-6 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Oxirgi setda esa vakilimiz 6:1 hisobda zafar quchdi.



Izohlar (0)