Hans-Diter Flik "Barselona"dagi 100-ўyinini oʻtkazdi
Xans-Diter Flik "Barselona" bosh murabbiyi sifatida o‘zining 100-o‘yinini o‘tkazdi.
La Liganing 26-turida kataloniyaliklar "Vilyarreal"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, nemis mutaxassisi uchun yubiley uchrashuv muvaffaqiyatli yakunlandi.
Flik boshchiligida "Barselona" 100 o‘yinda 75 g‘alaba qo‘zondi, 9 bor durang o‘ynadi va 16 marta mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa bu davr mobaynida 281 ta gol urdi va o‘z darvozasidan 119 ta to‘p olib chiqdi.
Flik davrida "Barselona" safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar: Jyul’ Kunde (92), Pau Kubarsi (90) va Lamin Yamal (89).
Eng ko‘p gol urgan futbolchilar esa Robert Levandovski (56), Rafinya (48), Lamin Yamal (36) va Ferran Torres (35) bo‘lib turibdi.
Shuningdek, Flik qo‘l ostida "Barselona" 4 ta sovrinni qo‘lga kiritdi — Ispaniya chempionligi, Ispaniya Kubogi hamda ikki marta Ispaniya Superkubogi.
Fikrlar