Hans-Diter Flik: "Bu yerda g'alaba qozonish oson emas edi"
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 27-turida "Atletik"ga qarshi o‘yindan keyin (1:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Albatta, men doimo futbolchilarim bilan faxrlanaman. Ammo jamoa ichidagi o‘ziga xos muhitni alohida qadrlayman. Ularning bir-biriga jipsligi, jamoadagi muhit — bularning barchasi haqiqatan ham ajoyib. Men ko‘rayotgan manzarani juda qadrlayman.
Bugun men hayajonlanmadim. "Atletiko"ga qarshi 3:0 hisobidagi g‘alabadan keyin futbolchilarni ko‘rdim va ularga ishonchim komil edi. Biz aynan shunday muhit yaratishni maqsad qilganmiz: yaxshi atmosfera va har kunlik mashg‘ulotlarga to‘liq e’tibor qaratish.
Bugun bu ajoyib stadionda, kuchli jamoa va ajoyib muxlislarga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish oson bo‘lmasligi aniq edi. Shu yerda g‘alaba qozonish — haqiqatan ham ajoyib.
Ferran haqida aytsam, hozircha unda ishonch to‘liq emas, lekin biz bu ustida ishlayapmiz. O‘yinlarda har doim harakat qilish muhim. U yaxshi holatda, tezkor futbolchi, hozir esa unga biroz omad yetishmayapti. Agar men unga yordam bera olsam, albatta beraman", — dedi Flik.
Fikrlar