Xarri Keyn: "Hayotimning eng yaxshi davridaman!"

  • 19.12.2025 13:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn o‘zining jismoniy holati haqida gapirdi. Angliyalik futbolchi faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazmoqda va ajoyib natijalar ko‘rsatmoqda. Joriy mavsumning 24 o‘yinida u 29 ta gol urdi va jamoadoshlariga uch marta golli uzatma berdi.

"Men 32 yoshdaman. Bu yoshga etganingizda, odamlar sizdan sekinlashganingiz va kar’erangizning oxiri yaqinlashayotganini aytishadi. Lekin men o‘zimni eng yuqori cho‘qqida his qilyapman.

Yugurish ko‘rsatkichlarimga qarasangiz ham, men bu mavsumda avvalgidan kam yugurmadim. Hayotimning eng yaxshi davridaman, bu yana bir necha yil davom etadi. Menimcha, uzoq vaqt o‘ynay olaman, biroq futbolda hamma narsa juda tez o‘zgarishi mumkin", - deya Keynning so‘zlarini keltiradi "Bayern & Germany".

Ma’lumot uchun, angliyalik hujumchi 2023 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!