Xatosi qimmatga tushishiga bir bahya qolgan Husanovga nechchi ball berildi?
Abduqodir alamli mag‘lubiyatga sababchi bo‘lishiga oz qoldi
Sports.kz xabar berishicha, Flashscore.com sayti «Manchester Siti» tarkibida o‘ynayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abdukodir Xusanovning «Brayton»ga qarshi uchrashuvdagi harakatlarini baholadi. Angliya Ligasi kubogi 1/8 finalida o‘tgan bellashuv asosiy vaqtda 2:2 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa manchesterliklar 4:3 hisobida g‘alaba qo‘zondi.
Xusanov uchrashuvning 76-daqiqasida maydonga tushirildi va Riko Lyuisni almashtirdi. Flashscore uning o‘yini 6,4 ballga baholadi. Bu ko‘rsatkich ushbu o‘yinda maydonga tushgan «Manchester Siti» futbolchilari orasida to‘rtinchi eng past natija bo‘ldi.
Shu tariqa, «Manchester Siti» Liga kubogi chorak finaliga yo‘l oldi, «Brayton» esa musobaqani tark etdi. Jamoalar endilikda shanba, 31 oktyabr kuni yana maydonda to‘qnash keladi, bu safar Angliya Premier-ligasi doirasida.

Izohlar (0)