Xavi “Barsa”ning yana bir yulduzidan voz kechdi

  • 19 noyabr, 2021, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ni inqirozdan qutqarish uchun kelgan Xavi tarkibni tozalashga ham e’tibor qaratmoqda.

Avvalgi murabbiy Ronald Kuman asosan o‘z hamyurtlariga ishonch bildirgan edi. Ispaniyalik mutaxassis esa niderlandiyalik futbolchilarga javob berib yuboryapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, Xavi yarim himoyachi Frenki de Yongga chiqish eshiklarini ko‘rsatgan. Bunga sabab qilib, narxi 90 million evro bo‘lgan niderlandiyalik futbolchi yangi bosh murabbiy qo‘llamoqchi bo‘layotgan taktik sxemalarga to‘g‘ri kelmasligi aytilyapti.

Klub mutasaddilari Xavi talabiga ko‘ra, uni qishki transferlar vaqtida sotib yuborib, transferidan keladigan mablag‘ni yanvar oyining o‘zida boshqa o‘yinchi olishga yo‘naltiradi.

Avvalroq, Xavi yana ikki niderlandiyalik futbolchi – Memfis Depay va Lyuk de Yong bilan ham ishlash niyati yo‘qligini bildirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!