Xavi katta transferni uddaladi. Zo‘r futbolchi “Barsa”ga o‘tadigan bo‘ldi!
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes “Manchester Siti” etakchisi Ilkay Gyundog‘anni Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirdi.
Tajribali yarim himoyachi faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi, - deb axborot tarqatdi Diario Sport nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, germaniyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan uch yillik shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Gyundog‘anning 30 iyun kuni “shaharliklar” bilan kelishuvi yakunlanadi.
Shundan so‘ng, 32 yoshli futbolchi “Barselona” vakillari bilan hamkorlik o‘rnatishi aytilmoqda. Ilkayni ko‘ndirishda Xavi Ernandesning hissasi katta bo‘ldi. Muzokaralar vaqtida ispaniyalik murabbiy Gyundog‘anga boshlang‘ich tarkibdan joy kafolatlagan.
Joriy mavsumda Gyundog‘an 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ettita golli pas uzatdi.
Fikrlar