
Xavi Messi transferi nimaga bog‘liq ekanini aytdi
Lionel Messining amaldagi shartnomasi tez kunlarda tugaydi. Argentinalik yulduzning kelajagi bo‘yicha mavhum holat davom etyapti.
“Barselona” muxlislari jahon chempionini kutmoqda. Klub rahbariyati transfer yo‘llarini qidiryapti.
Jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes Messining kelishi ko‘p omillarga bog‘liq ekanini ta’kidladi.
- Hammasi havoda osilib turibdi. Bu transfer ko‘p narsaga bog‘liq. Boshqa jo‘yali gap aytolmayman.
Messi ajoyib futbolchi. U bilan do‘stmiz. Nimadir yo‘li chiqib qolar. Ko‘p narsa Messining istagiga ham bog‘liq, - dedi Xavi Ernandes.
Fikrlar
Dalban nimaga bogliq ekan.
Zaybal sukalar