Xavi o‘zi izlagan hujumchini topdi

  • 16 may, 2022, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati Angliya premer-ligasi vakili “Lids”dan braziliyalik hujumchi Rafinyani transfer qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Bosh murabbiy Xavi jamoaning hujumkorligini oshirish uchun bu pozitsiyaga yanga ijrochilarni olib kelishni so‘ragan. Xaviga Rafinyaning o‘yini ma’qul kelgan.

“Lids” o‘zining asosiy yulduzini 45 million evroga baholamoqda. Tabiiyki, kataloniyaliklarning vakillari bu summani tushirishga harakat qiladi.

2016 yili Evropaga kelgan Rafinya shu kunga qadar “Gimaraesh”, “Sporting” va “Renn” klubida o‘ynagan. 25 yoshli futbolchi ikki yildan beri “Lids”da to‘p tepmoqda. Bu mavsum forvard premer-ligada 33 ta uchrashuvda o‘nta gol urdi va uchta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!