
Xavi: Prezident bizga nima kerakligini biladi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi klubning yozgi transfer bozoridagi ishlari haqida gapirdi.
"O‘ylaymanki, biz tarkibni kuchaytira olamiz. Bizda hamma yaxshi ishlayapti – texnik xodimlar va prezident. Prezident bizga qo‘shimcha kuchlar kerakligini biladi. Buni Alemani ham biladi. Transfer oynasi 31 avgustgacha ochiq, oldinda juda ko‘p vaqt bor. Ammo vaziyat oson emas. Balki moliyaviy feyr-pley tufayli biz xohlagan narsaga erisha olmasmiz. Nomlarni aytmayman, lekin biz jamoani yanada raqobatbardosh qilish uchun ishlayapmiz”, - dedi Xavi jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 yilgi mavsumda "Barselona" Ispaniya chempioniga aylangandi.
Fikrlar