Xavi Rafinya bo‘yicha yakuniy qarorini aytdi. Bu rahbariyatga yoqmadi!

  • 20 may, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati yangi o‘yinchilarni olish uchun hozirgi tarkibdan ayrim futbolchilarni sotuvga qo‘ymoqda.

Tecno

Kataloniyaliklar rejasida o‘tgan yozda “Lids”dan transfer qilingan braziliyalik legioner Rafin Diasni ham sotib yuborish bor edi. Angliyaning bir necha grand klublari 26 shli futbolchini Premer-ligaga qaytarmoqchi bo‘lyapti.

Xavi Ernandes klub rahbariyati bilan bo‘lgan uchrashuvida Rafinya borasidagi qarorini aytdi. Unga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis kelasi mavsumda ham bu futbolchiga ishonch bildiradi.

Murabbiy talabi bo‘yicha rahbariyat Rafinyani sotib yuborish fikridan qaytishiga to‘g‘ri kelyapti.

Diasning kataloniyaliklar bilan hamkorligi 2027 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!