Xavi zo‘r transferni blokladi

  • 22 noyabr, 2021, 22:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibiga kira olmayotgan niderlandiyalik pleymeyker Donni van de Bek faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Bu futbolchiga “Barselona” xaridor bo‘lgandi va yozda uni Ispaniyaga ko‘chirmoqchi edi. Lekin Ronald Kuman o‘rniga bosh murabbiy etib tayinlangan Xavi Ernandes bu transferga ta’qiq qo‘ydi.

Aslida Xavi Kataloniya klubida o‘ynayotgan niderlandiyalik futbolchilarning barida qutilishni rejalashtirgan va shu bois ham iste’dodli pleymeyker transferiga yo‘l qo‘ymadi.

Xavi klub xo‘jayinlariga himoya, yarim himoya va hujum chizig‘ini kuchaytirish kerakligi ta’kidlamoqda. Biroq, ispaniyalik mutaxassis jamoaga kimlar kelishini o‘zi tanlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!