
Xayrulla Hamidov: Finalda AGMKning hurmatini saqlagan holda imkoniyatlarni 60:40 “Paxtakor” foydasiga deb taxmin qilyapman
“SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvining bu galgi sonida taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov ishtirok etdi. Ko‘rsatuv mehmoni O‘zbekiston kubogi oldidan favorit kimligi va boshqalar haqida gapirib o‘tdi.
- AGMK o‘tgan yili “Paxtakor”ni finalda yutgan. Hozir endi bu jamoalar joriy yilgi 2 ta finalga chiqdi. Musobaqalar ko‘payib ketganidan kelib chiqadigan bo‘lsak, “Paxtakor” Shota Arveladze boshchiligida barcha rekordlarni urmoqchi. O‘ylaymanki, O‘zbekistonda hozirgi kunda “Paxtakor”ni to‘xtatib qoladigan jamoa yo‘q. Agarda AGMK bitta uchrashuvda qandaydir g‘alabani qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, bu olmaliqliklar ajoyib o‘ynaganliklari uchun emas, balki “sherlar” xato o‘ynaganliklari sababdir. Ya’ni, “Paxtakor” o‘zining o‘yinini namoyish etsa, barcha musobaqalarda g‘olib chiqishi kerak.
“Paxtakor” o‘tgan yilgi finalda AGMKga OChLga chiqishi uchun yordam bermagan, balki olmaliqliklar to‘g‘ri o‘ynashgan va “sherlar” raqibni mensimagan. Men o‘sha finalni ko‘rganimda uchrashuvda boshqacha holatning “hid”ini topmaganman.
Bitta bellashuvda istalgan jamoa g‘alaba qozonishi mumkin. Misol uchun “Tottenxem” o‘tgan mavsum EChL finalida “Liverpul”ni engishi mumkin deyilgandi. Huddi shunday fikrni AGMK borasida ham bildirsak bo‘ladi. Ammo futbolchilar o‘rtasidagi farq, saviya katta. “Paxtakor”ning zaxirasida o‘tirgan futbolchilar AGMKning etakchisi bo‘lib yuriptimi farqlab olishimiz kerakda. “Paxtakor” birinchi golni uradigan bo‘lsa, biror bir bellashuvda raqib javob ham bera olmayapti.
Shuning uchun o‘ylashimcha, AGMK munosib qarshilik ko‘rsatadi. O‘tgan yilgi voqea sodir bo‘lmaydi, deb o‘ylayman.
Istalgan final qog‘ozda falon jamoa kuchli, falon jamoa kuchsiz deyiladi. Lekin maydonga chiqqandan keyin Mirjalol Qosimov ham misol uchun himoyaviy uslub qo‘llaydi, qarshi hujumdan gol urishga harakat qiladi. “Paxtakor”ning oldingi chiziqdagi ishlari yurishmaydigan bo‘lsa, birinchi taym 0:0 bilan tugab, ikkinchi bo‘lim olmaliqliklarda imkoniyat yuzaga keladi. Oxirgi daqiqalarda yutib ketishi ham mumkin. Bu erda hamma gap “Paxtakor”da. AGMK yutishi uchun Shota Arveladze shogirdlari o‘zining futbolini namoyish eta olmasligi kerak. Agar poytaxtliklar o‘z o‘yinlarini ko‘rsatishsa, AGMK ming zo‘r o‘ynamasin juda ham qiyin bo‘ladi. Faqat endi murabbiylik salohiyati ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, Mirjalol Qosimov bitta o‘yinga tayyorgarlik ko‘ra oladi. Raqib hattoki “Paxtakor” bo‘lsa ham. Finalga chiqtimi, munosib o‘ynab berishi kerak.
Finalda AGMKning hurmatini saqlagan holda imkoniyatlarni 60:40 “Paxtakor” foydasiga deb taxmin qilyapman, - dedi Xayrulla Hamidov.
Fikrlar
Умуман шу финал олдидан фикр билдириш учун Хамидов нотугри танлов.
Хамидовга олдиндан тахмин килиш кийин(огир) булган учрашувларда фикр суралса максадга мувофик булган буларди, агар бизни чемпионатда хам шундай фикрлаш кийин(сенсацион) клубларимиз мавжуд булса албатта.
Замбарак б/н чумчук овлашмайди-ку.